O‘sish uchun yaratilgan ekotizim
Biznesni
yanada qulay
boshqaring.
Xodimlar boshqaruvi, Face ID va GPS davomat, oylik hisob-kitobi hamda savdo — bog‘langan ekotizimda. Jamoangiz va kundalik biznes jarayonlarini Qulay bilan boshqaring.
Kredit karta talab qilinmaydi

BIZNESINGIZ UCHUN YECHIMLAR
Bugun kerakli vositalar.
Ertangi o‘sish uchun.
Biznesingizga mos servisdan boshlang. Ishingiz kengaygani sari yangi imkoniyatlarni qo‘shing.
Alohida vazifalar. Bir-birini to‘ldiradigan yechimlar. Hammasi Qulay’da.
Barcha mahsulotlarNEGA AYNAN QULAY?
Ishlar tartibda.
Fikringiz rivojlanishda.
Texnologiya kundalik ishni yengillashtirsin. Siz esa jamoangiz va mijozlaringizga ko‘proq vaqt ajrating.
Qulay haqidaKamroq takroriy ish
Davomat, hisobot va hisob-kitoblarni bir joyda yuriting. Qo‘lda ma’lumot ko‘chirishga kamroq vaqt sarflang.
Nazorat o‘z qo‘lingizda
Xodimlarga vazifasiga mos ruxsat bering. Biznesingiz ma’lumotlari boshqa tashkilotlardan alohida saqlanadi.
Ofis bilan cheklanmang
Kompyuter, planshet yoki telefon. Internet bor joyda biznesingiz holatidan xabardor bo‘ling.
Yoningizda yordamchi bor
Savolingizni o‘zbek yoki rus tilida bering. Sozlash va kundalik foydalanishda ko‘mak oling.
HR yechimlari
Jamoangizga kerakli yechimni tanlang
Xodimni ishga olishdan ish vaqtini hisobga olish va oylikdagi KPI’gacha. Har bir vazifa uchun alohida tushuntirish va tegishli Qulay mahsuloti.
Xodimlar boshqaruvi va kadrlar hisobi
Qulay HRM’da xodim profili, filial, bo‘lim, lavozim va jamoani boshqaring. Kadrlar ma’lumotlarini davomat va oylik jarayonlari bilan bog‘lang.
Davomat asosida oylik hisoblash
Qulay Moliya’da davomatga asoslangan oylik, stavka, KPI, avans, bonus va ushlanmalarni hisoblang. Davr bo‘yicha varaq va Excel eksporti.
Xodim KPI’si va oylikdagi rag‘bat
Xodim uchun KPI summasi va oy bo‘yicha bajarilish foizini yuriting. Qulay’da oylikdagi KPI qanday ishlashi va alohida OKR modulidan farqi.
Smena jadvali va ish vaqti hisobi
Xodimlar uchun smena va ish grafigini yuriting. Reja, kirish-chiqish, kechikish va ishlangan vaqtni Qulay Davomat’da solishtiring.
GPS va yuz orqali mobil davomat
Xodimlar telefon orqali yuzini va filialning GPS hududini tasdiqlab belgilanadi. Mobil davomat, administrator sozlamalari va foydalanish shartlari.
Ishga qabul va nomzodlar boshqaruvi
Vakansiya, nomzod, suhbat, taklif va ishga qabul bosqichlarini Qulay HRM’da yuriting. Nomzoddan xodim profiliga o‘tish jarayoni.
Ta’til so‘rovlari va xodimlar ta’tili hisobi
Qulay HRM’da xodimlarning ta’til so‘rovlari, tasdiqlash va qoldiq bilan ishlang. Tasdiqlangan ta’tilni ish grafigi va davomat bilan bog‘lang.
Qulay’dan qanday foydalanishni boshlayman?
«Bepul boshlash» tugmasini bosing va kerakli servisni tanlang. Servis sahifasida hisob ochib, biznesingizni sozlashingiz mumkin. Joriy tariflar va shartlar har bir mahsulot sahifasida ko‘rsatilgan.
Barcha servislarni birga ulashim kerakmi?
O‘zingizga kerakli servisdan boshlashingiz mumkin: davomat uchun Qulay Davomat, jamoa uchun HRM, sotuv va ombor uchun Savdo. Qolgan imkoniyatlarni ehtiyojingizga qarab qo‘shasiz.
Telefondan ham foydalanish mumkinmi?
Ha, veb servislarni telefon brauzerida ochish mumkin. Qulay mobil ilovasi ham mavjud. Qo‘llab-quvvatlanadigan imkoniyatlar haqida «Mahsulotlar» bo‘limidan bilib oling.
Sozlashda yordam berasizmi?
Ha. «Aloqa» sahifasi orqali biz bilan bog‘laning. Biznesingizga mos servisni tanlash va dastlabki sozlash bo‘yicha yordam beramiz.
KEYINGI QADAM — O‘SISH
Biznesingizga e’tibor bering.
Qolganini Qulay qiling.
Kerakli vositalar yoningizda. Birinchi qadamni bugun qo‘ying.