Har kimning o‘z joyi bor.
Xodimlar, bo‘limlar va filiallar. Jamoaning tuzilishi davomatda ham aks etadi.
Kirish-chiqish, smena, kechikish va ishlangan vaqt — bir tizimda. Mos Face ID terminali yoki mobil ilova bilan belgilaning, filiallar holatini kuzating.
Yuz tasdiqlandiBugungi holat
18/ 24keldi
Davomat 75%Skaner va telefondan kelgan so'nggi belgilar
Har bir kelishning o‘z vaqti bor. Endi ularning barchasi qayd etiladi.
Madina ish kunini boshladi.
Sardorning kelishi qayd etildi.
Ish grafigi hisobga olinadi.
Dilshod · 7 daqiqa kechikdi.
Xodim bir marta belgilanadi. Qolgan bosqichlar bir-biriga ulanadi.
Akmal soat 08:58 da filialga keldi. Uning smenasi 09:00 da boshlanadi.
Face ID terminali yoki mobil ilova xodimning yuzini tekshiradi.
Xodim, filial va aniq vaqt bitta kelish yozuvida jamlanadi.
Kelish ish grafigi bilan solishtiriladi. Bugungi holat ko‘rinadi.
Yangi kelish rahbar paneliga shu zahoti yetib boradi.
Kelish va ketish vaqtlari ishlangan soatlarga va davomat hisobotiga asos bo‘ladi.
Yuz tasdiqlandiKelganlar, kechikkanlar va hali kelmaganlar. Kerakli holatni tanlang, jamoani ko‘ring.
Xodimlar kelish-ketish jurnali
Bugun keldi
18
Bugun ketdi
0
Kech qolganlar
3
Hozir ichkarida
18
Muammoli
0
| Xodim | Sana | Reja | Keldi | Ketdi | Ishlangan |
|---|---|---|---|---|---|
Akmal Karimov +998 90 123 45 67 | 23 Sentabr | 09:00–18:00 | 08:58 | Ichkarida | — |
MA Madina Ahmedova +998 91 234 56 78 | 23 Sentabr | 09:00–18:00 | 08:42 | Ichkarida | — |
SR Sardor Rasulov +998 93 345 67 89 | 23 Sentabr | 09:00–18:00 | 08:55 | Ichkarida | — |
DN Dilshod Nazarov +998 94 456 78 90 | 23 Sentabr | 09:00–18:00 | 09:07+7d kech | Ichkarida | — |
NU Nigora Usmonova +998 97 567 89 01 | 23 Sentabr | 09:00–18:00 | — | — | — |
JT Jasur Tursunov +998 99 678 90 12 | 23 Sentabr | Dam | — | — | — |
Xodim ruxsat berilgan hududda o‘z telefonidan belgilanadi. Natija o‘sha zahoti rahbar panelida.
Administrator mobil yuz-davomatni yoqadi va filial hududini belgilaydi. Xodimning yuzi ham, joylashuvi ham tekshiriladi.
Face ID + GPSReja va haqiqiy vaqt yonma-yon. Kechikishlar ko‘rinadi, ishlangan soatlar hisoblanadi.
Reja va haqiqiy davomat — har bir kun bo'yicha
| Sana | Reja | Fakt | Tanaffus | Ishlangan | Kechikish | Erta ketish | Vaqtida | Qo'shimcha ish | Grafikdan tashqari | Jami | Koeff. |
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| 23 SentabrCho | 09:00 — 18:00 | 08:58 | — | — | — | — | — | — | — | — | — |
| 22 SentabrSe | 09:00 — 18:00 | 09:14 — 18:05 | 1 s | 7 s 51 min | 14 min | — | 7 s 51 min | — | — | 7 s 51 min | 98% |
| 21 SentabrDu | 09:00 — 18:00 | 08:55 — 18:45 | 1 s 2 min | 8 s 48 min | — | — | 8 s 3 min | 45 min | — | 8 s 48 min | 110% |
| 20 SentabrYak | Dam olish kuni | ||||||||||
| 19 SentabrSha | Dam olish kuni | ||||||||||
| 18 SentabrJu | 09:00 — 18:00 | 08:51 — 17:32 | 50 min | 7 s 51 min | — | 28 min | 7 s 51 min | — | — | 7 s 51 min | 98% |
| 17 SentabrPa | 09:00 — 18:00 | Kelmadi | — | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Jami | 40 s5 kun | 2 s 52 min3 kun | 24 s 30 min3 kun | 14 min1 kun | 28 min1 kun | 23 s 45 min3 kun | 45 min1 kun | — | 24 s 30 min3 kun | 61% | |
Har bir filialdagi xodimlar va davomat holati bitta panelda. Qaysi filialda kim ishda — bir qarashda ko‘rinadi.
Ish grafigi, smenalar va mobil davomat hududi har bir filial uchun alohida sozlanadi.
Rahbar barcha filiallarda kim ishda, kim kechikkanini bir joydan kuzatadi.
Davomat va ishlangan soatlar filial bo‘yicha ajratiladi va Excel’ga yuklab olinadi.
Davomat tarixi, ishlangan soatlar va kechikishlar. Xodim kesimida ko‘ring, Excel’da yuklab oling.

Jami kirish
31
Jami chiqish
30
Kech qolgan kunlar
2
O'rtacha kelish
08:56
O'rtacha ish soati
8.2 soat
Jadvalni qo‘lda ko‘chirish shart emas. Ma’lumot Davomatda jamlanadi.
Filialga bormasdan jamoa holatini ko‘ring. Xodim esa ruxsat berilgan hududda telefonidan belgilanadi.
iOS va Android · Qulay hisobi bilan
Xodimlar, bo‘limlar va filiallar. Jamoaning tuzilishi davomatda ham aks etadi.
Kelish-ketish tarixi xodim va sana bo‘yicha saqlanadi.
Smenalar, aylanma grafiklar va dam kunlarini belgilang.
Qulay Davomat xodimlarning kirish-chiqishi, kechikishi va ishlangan vaqtini kuzatishga yordam beradi. Mos yuzni aniqlash terminali yoki administrator yoqqan mobil yuz-davomat orqali belgilanish mumkin. Filialning ish grafigi va ruxsat etilgan GPS hududi alohida sozlanadi.
Administrator mobil yuz-davomatni yoqib, filial uchun GPS hududini belgilashi mumkin. Xodim ruxsat etilgan hududda telefon kamerasi orqali belgilanadi.
Mobil davomatda joylashuv kelish yoki ketishni qayd etish paytida ruxsat etilgan hududni tekshirish uchun ishlatiladi. Bu doimiy harakat marshrutini kuzatish xizmatini anglatmaydi.
Moslik ishlab chiqaruvchi, model va ulanish usuliga bog‘liq. Qurilma xarididan oldin aniq modelni Qulay jamoasi bilan tekshiring.
Davomat hisoboti kelish-ketish va ishlangan vaqtni ko‘rsatadi. Ish haqi, KPI, avans va ushlanmalar hisob-kitobi Qulay Moliya’da yuritiladi.
HR yechimlari
Xodimni ishga olishdan ish vaqtini hisobga olish va oylikdagi KPI’gacha. Har bir vazifa uchun alohida tushuntirish va tegishli Qulay mahsuloti.
Qulay HRM’da xodim profili, filial, bo‘lim, lavozim va jamoani boshqaring. Kadrlar ma’lumotlarini davomat va oylik jarayonlari bilan bog‘lang.
Qulay Moliya’da davomatga asoslangan oylik, stavka, KPI, avans, bonus va ushlanmalarni hisoblang. Davr bo‘yicha varaq va Excel eksporti.
Xodim uchun KPI summasi va oy bo‘yicha bajarilish foizini yuriting. Qulay’da oylikdagi KPI qanday ishlashi va alohida OKR modulidan farqi.
Xodimlar uchun smena va ish grafigini yuriting. Reja, kirish-chiqish, kechikish va ishlangan vaqtni Qulay Davomat’da solishtiring.
Xodimlar telefon orqali yuzini va filialning GPS hududini tasdiqlab belgilanadi. Mobil davomat, administrator sozlamalari va foydalanish shartlari.
Vakansiya, nomzod, suhbat, taklif va ishga qabul bosqichlarini Qulay HRM’da yuriting. Nomzoddan xodim profiliga o‘tish jarayoni.
Qulay HRM’da xodimlarning ta’til so‘rovlari, tasdiqlash va qoldiq bilan ishlang. Tasdiqlangan ta’tilni ish grafigi va davomat bilan bog‘lang.
Qulay’da ro‘yxatdan o‘ting va kompaniyangizni yarating.
Filial, bo‘lim va xodimlarni kiriting.
Qurilma yoki mobil davomatni ulang. Ish grafigini belgilang.
Kelish-ketishlar yig‘iladi. Natija panelda ko‘rinadi.
Davomatni o‘z jamoangiz bilan ishlatib ko‘ring. Obunani Davomat ichida rasmiylashtirasiz.
Barcha imkoniyatlar ochiq. Karta talab qilinmaydi.
Sinovning 14 kuni ichida to‘lov qilsangiz.
Aniq hisob-kitob va obuna narxi — Davomat ichida.
Sinovdan keyin. Sinov tugashi bilan chegirma yopiladi — obuna to'liq stavkada rasmiylashtiriladi. «Birinchi ulanish» chegirmasi hisobga avtomatik qo'llanadi. U bir marta beriladi va keyingi davrlarga o'tmaydi.
To'lov kechiksa ham davomat yozilishda davom etadi — kelish-ketish yozuvlari yo'qolmaydi va to'lovdan keyin hisobotlarda to'liq ko'rinadi.
Jamoangizga vaqt ajrating. Davomatni Qulay’ga topshiring.