Biz haqimizda

Biznes uchun qulay yechimlar yaratamiz

Qulay har qanday biznesga professional darajadagi vositalarni sodda va tushunarli taqdim etadi.

Bitta g‘oya. Yagona ekotizim.
«Qulay Tizim» MChJNamangan, O‘zbekiston

Bizning maqsad

Tadbirkor o'z ishi bilan, biz texnologiya bilan shug'ullanamiz

Biz Qulay'ni 2024-yilda oddiy maqsad bilan yaratdik: biznesni boshqarishni soddalashtirish. Tadbirkorlarga qimmat va murakkab xorijiy yechimlarsiz, zamonaviy professional vositalar kerak edi.

Biznes yuritish — kod yozishdan, server sozlashdan yoki murakkab integratsiyalardan muhimroq deb ishonamiz. Shuning uchun har bir mahsulotimiz bitta maqsadga xizmat qiladi: siz biznesingiz bilan shug'ullaning, biz texnikani hal qilamiz.

Qulay ekotizimi har kuni kengayib boradi — biznesingizning har bir ehtiyojiga javob beradigan yechimlar yaratamiz. Va biz hali endigina boshlayapmiz.

Bizning qadriyatlar

Nima bizni Qulay qiladi

Har bir qarorimiz ortida ushbu to'rt asosiy tamoyil yotadi.

Soddalik birinchi o'rinda

Murakkab tushunchalar — sodda intuitiv tajriba. Mijoz hech narsa o'rganmasdan ham boshlashi mumkin.

Mahalliy ildizlar

Mahalliy biznes uchun mahalliy yondashuv qo'llaymiz. Sizning til, tartib va madaniyatingiz bilan ishlaymiz.

Mijoz markazda

Har bir mahsulot va xususiyat haqiqiy mijoz muammosiga javob. Hech qanday "feature for feature's sake" emas.

Birga o'samiz

Sizning biznesingiz o'sgani sari, Qulay ham o'sadi. Yangi ehtiyojlarga moslashish — bizning vazifamiz.

Raqamlarda Qulay

Bizga ishongan biznes va mahsulot tarmog'imiz.

Biznes
234+
Mahsulot
3
Ishonchli
99.9%
Yordam
24/7

Bizning yo'l

Qulay tarixi

G'oyaning tug'ilishidan to keng ekotizimgacha bo'lgan asosiy bosqichlar.

  1. 2024-yil

    G'oyaning tug'ilishi

    Biznes egalari murakkab xorijiy SaaS yechimlardan charchaganini ko'rdik. Va buni o'zgartirishga qaror qildik.

  2. 2025-yil bahor

    Birinchi mahsulot — Davomat

    Face ID qurilmalari bilan to'g'ridan-to'g'ri ishlaydigan birinchi davomat tizimini ishga tushirdik. Real-time, oddiy, ishonchli.

  3. 2025-yil kuz

    Multi-service ekotizim

    Business va Qulay AI assistantni qo'shdik. Endi bitta hisob — bir nechta to'liq mahsulot.

  4. 2026-yil hozir

    Posbon va kelajak

    Posbon desktop ilovasi har qanday lokal qurilmani Qulay bulutiga ulaydi. Yo'lda yana ko'p yangiliklar.

KEYINGI QADAM — O‘SISH

Biznesingizga e’tibor bering.
Qolganini Qulay qiling.

Kerakli vositalar yoningizda. Birinchi qadamni bugun qo‘ying.