Xodimlar va kadrlar jarayonlarini boshqaring
Xodimlar, filiallar, ishga qabul, smena va ta’tillar — Qulay HRM’da. Ish vaqti Davomat bilan, oylik va unga tegishli KPI hisobi Moliya bilan bog‘lanadi.
Bitta tizimda butun HR
Xodim bilan bog'liq har bir jarayon — alohida dasturlarsiz, yagona platformada.
Xodimlar va tashkilot
Bo'lim, lavozim, jamoa, tashkilot tuzilmasi (org-chart) va to'liq xodim profillari.
Ishga qabul
Vakansiya e'lon qiling, nomzodlarni saralang, suhbat va taklif jarayonini boshqaring.
Adaptatsiya
Yangi xodimlar uchun onboarding va ishdan bo'shash (offboarding) jarayonlari.
Vaqt va davomat
Smena, ish grafigi, qo'shimcha ish, safar va qoidabuzarliklar nazorati.
Ta'tillar
Ta'til so'rovlari, tasdiqlash oqimi va ta'til siyosatlari.
Oylik bilan bog‘lanish
Qulay Moliya’da davomat asosida oylik, avans, bonus va ushlanmalar hisob-kitobi.
Oylikdagi KPI
Xodim KPI summasi va oy bo‘yicha bajarilish foizi. Alohida OKR moduli hali taqdim etilmagan.
Hisobot va tahlil
HR, oylik, ishga qabul va davomat bo'yicha jonli analitika.
Xodim hayotiy tsikli
Ishga qabul, kadrlar hisobi, davomat va Moliya’dagi oylik — o‘zaro bog‘langan jarayonlar.
Ishga qabul
Vakansiya joylang, nomzodlarni saralang, suhbat o'tkazing va taklif yuboring.
Xodimni biriktirish
Xodim profilini tekshiring, filial va lavozimga biriktiring.
Ish vaqti nazorati
Ish grafigi, ta’til va davomatni kundalik yuriting.
Oylik hisob-kitobi
Moliya’da ish vaqti, avans va KPI asosida oylikni tekshiring.
HR boshqaruvi, davomat va oylik o‘rtasidagi bog‘lanish
Qulay HRM’da xodimlar, filiallar, bo‘limlar, lavozimlar, ishga qabul va ta’tillarni boshqaring. Qulay Davomat ish vaqtini qayd etadi; oylik va unga tegishli KPI hisob-kitobi Qulay Moliya’da yuritiladi. Har bir jarayonning vazifasi aniq, xodim ma’lumotlari esa o‘zaro bog‘langan.
- Xodim profili, filial, bo‘lim va lavozim
- Vakansiya, nomzod, suhbat va ishga qabul
- Smena, ish grafigi va davomat hisobotlari
- Ta’til so‘rovlari va tasdiqlash
- Moliya’da oylik, avans, bonus va ushlanmalar
- Oylikka bog‘liq KPI summasi va oylik bajarilish foizi
Ko‘p beriladigan savollar
HRM va Davomat o‘rtasida qanday farq bor?
HRM xodim va kadrlar jarayonlarini boshqaradi. Davomat Face ID yoki mobil belgilanish orqali kelish-ketish va ish vaqtini qayd etadi. Ularning vazifalari bir ekotizimda bog‘lanadi.
Oylikni qayerda hisoblayman?
Oylik interfeysi Qulay Moliya’da. Unda xodim stavkasi, davomat, avans, bonus, ushlanma va oylikdagi KPI hisob-kitobi bilan ishlanadi.
Qulay’da KPI va OKR bir xil modulmi?
Hozir oylikka bog‘liq KPI summasi va oy bo‘yicha bajarilish foizi mavjud. Alohida KPI/OKR maqsadlarini boshqarish va baholash moduli hali taqdim etilmagan.
Qulay HRM qaysi tillarda ishlaydi?
Interfeys o‘zbekcha va ruscha mavjud. Marketing sahifalari ham ikkala tilda alohida manzilda ochiladi.
HR yechimlari
Jamoangizga kerakli yechimni tanlang
Xodimni ishga olishdan ish vaqtini hisobga olish va oylikdagi KPI’gacha. Har bir vazifa uchun alohida tushuntirish va tegishli Qulay mahsuloti.
Xodimlar boshqaruvi va kadrlar hisobi
Qulay HRM’da xodim profili, filial, bo‘lim, lavozim va jamoani boshqaring. Kadrlar ma’lumotlarini davomat va oylik jarayonlari bilan bog‘lang.
Davomat asosida oylik hisoblash
Qulay Moliya’da davomatga asoslangan oylik, stavka, KPI, avans, bonus va ushlanmalarni hisoblang. Davr bo‘yicha varaq va Excel eksporti.
Xodim KPI’si va oylikdagi rag‘bat
Xodim uchun KPI summasi va oy bo‘yicha bajarilish foizini yuriting. Qulay’da oylikdagi KPI qanday ishlashi va alohida OKR modulidan farqi.
Smena jadvali va ish vaqti hisobi
Xodimlar uchun smena va ish grafigini yuriting. Reja, kirish-chiqish, kechikish va ishlangan vaqtni Qulay Davomat’da solishtiring.
GPS va yuz orqali mobil davomat
Xodimlar telefon orqali yuzini va filialning GPS hududini tasdiqlab belgilanadi. Mobil davomat, administrator sozlamalari va foydalanish shartlari.
Ishga qabul va nomzodlar boshqaruvi
Vakansiya, nomzod, suhbat, taklif va ishga qabul bosqichlarini Qulay HRM’da yuriting. Nomzoddan xodim profiliga o‘tish jarayoni.
Ta’til so‘rovlari va xodimlar ta’tili hisobi
Qulay HRM’da xodimlarning ta’til so‘rovlari, tasdiqlash va qoldiq bilan ishlang. Tasdiqlangan ta’tilni ish grafigi va davomat bilan bog‘lang.
Hammasi obunaga kiradi
Faqat kerakli xodimlar uchun to'laysiz — boshqa to'lov yo'q.
- Xodimlar va kadrlar hisobi
- Tashkiliy struktura (org-chart)
- Vakansiya va nomzodlar boshqaruvi
- Smena, davomat va ta’til jarayonlari
- Tezkor qo‘llab-quvvatlash
Bonus — bepul
- Qulay AI — sun'iy intellekt yordamchi (limit bilan)
- Posbon — kassa va desktop ilova
- Mobil ilova — iOS va Android
- Qo'shimcha utilita va integratsiyalar
Barcha imkoniyatlar narxga kiradi. Xodim sonini istalgan vaqtda o'zgartirasiz — ortig'iga to'lamaysiz.
Birinchi 14 kun bepul — karta talab qilinmaydi
Qulay HRM'ni bugun sinab ko'ring
Jonli platformaga o'ting va kadrlar boshqaruvini bitta tizimda boshlang.